Digital Detox menga qanday foyda berdi
Oilaviy 1 hafta instagram, tiktok, o'yinlar va umuman hamma chalg'ituvchi narsalarni o'chirib tashlab, natijasini sinab ko'rdik. Mana 2-hafta ham o'tibdi shu ketishda.

Boshida biroz qiyin bo'ldi, qo'l telefonga qarab ketaveradi, ichdan isyon bo'ladi qiziqroq nimadir ko'rish kerak degan.
Lekin juda yaxshi samarasini sezdim. Ancha xotirjam bo'lganday, kamroq asabiylashganday his qildim. Qo'shimcha loyihalarim, ishlarga tayyorlanish va shunga o'xshash foydali narsalarni fokus bilan soatlab o'tirib qildim.
Dopamin beruvchi boshqa mashg'ulot bo'lmagandan keyin majburdan anchadan beri qilmay orqaga surib yurgan ishlarimni qiladigan bo'ldim. Sport bilan yaxshiroq shug'ullandim, diqqatim oshdi, shaxsiy loyihamni deyarli qilib tugatdim. Menga bu rosa yoqdi. O'zi instagramni 3-4 oy avval o'chirib yuborgan edim. Qolgan narsalarni ham o'chirdim. Faqat Youtube va X (twitter) qoldi. Ulardan faqat o'rganish va blog uchun foydalanaman, shorts umuman ko'rmayman.
Hozir social media va boshqalarga kirsam o'zimni aybdor his qiladigan bo'lib qolibman.
Social Media bu bizni fikrimizni boshqarish va manipulyatsiya qilish uchun mo'ljallangan. Kelajak puli bu kupyuralar emas, diqqat bo'lib qolyapti. Diqqatingizni, fikrlashingizni Matrixdan qutqaring!
Bu yil O'zingizga qilgan eng katta yaxshilik social media'larni o'chirib yuborish bo'ladi! Yaqinlarga ham jo'natib qo'yarsiz )
